1995 yilgi «Oltin töp» sohibi Jorj Vea Liberiya prezidenti saylovida yutqazdi.

France24 xabariga köra, Vea raqibi Jozef Bokaydan 28 ming kam ovoz töpladi. Şundan söng, saylovda mağlubiyatga uçraganini tan olib, bayonot bilan çiqdi.

«Liberiya xalqi öz tanlovini amalga oşirdi. Biroq, ovoz beriş natijalarining bir-biriga juda yaqinligi mamlakatimiz içida çuqur böliniş borligidan dalolat beradi. Keling, kelişmovçiliklarimizni yengib, bir xalq, bir millat sifatida birlaşaylik», dedi Vea.

Futboldagi professional faoliyati davomida Vea «Monako», «Pari Sen-Jyermen», «Milan» va boşqa jamoalarda öynagan. U dunyoning eng yaxşi futbolçisiga topşiriladigan «Oltin töp»ni qölga kiritgan yagona afrikalikdir.

Futbolçilik faoliyatini yakunlaganidan söng, Vea insonparvarlik va siyosiy faoliyat bilan şuğullandi. 2005 yilda Liberiya prezidentligiga nomzodini qöydi. Ammo ikkinçi turda Afrika tarixidagi birinçi ayol prezident bölgan 67 yoşli Helen Jonson Serlifga yutqazdi.

2017 yilda ikkinçi marta saylovda iştirok etib, Jozef Bokayga qarşi kuraşda ğalaba qozondi va Liberiyaning 25-prezidenti böldi.