Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston chempionatida o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish yo‘lga qo‘yildi
Namangan viloyatining «Navbahor» jamoasining O‘zbekiston chempionatidagi uchrashuvlari televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Kun.uz»ga Namangan viloyat teleradiokompaniyasining bosh muharriri Bahodir Mo‘minov ma'lum qildi.
Endilikda «Navbahor» futbol klubining uy uchrashuvlari viloyat hokimligi hamda teleradiokompaniya tashabbusi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jonli tarzda efirga berib boriladi.
1 oktabr kuni «Navbahor»ning «Paxtakor»ga qarshi uy uchrashuvi sinov tariqasida televideniyeda jonli ravishda uzatilgandi. Bu uchrashuv mezbonlarning 2-0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Oliy Ligada ikkinchi davra o‘yinlari davom etmoqda. «Navbahor» 23 turdan keyin 9 g‘alaba, 9 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Namanganliklar jamoasi keyingi turni 13 oktabr kuni Toshkentda, turnir jadvali peshqadami «Lokomotiv»ga qarshi o‘tkazadi.
Mavzuga oid
15:31 / 01.12.2025
Temur Kapadze O‘zbekistonda qoldi
17:57 / 31.10.2025
«Nasaf» muxlislari Namangandagi o‘yindan qaytishda YTHga uchradi
23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
13:44 / 30.03.2025