Fransiyada 187 yil oldin qurilgan uy sotuvga qöyildi. Köçmas mulk böyiça agentlar uni dunyodagi eng qimmat, deya ataşdi. Uyning narxi 417 million dollarga baholanmoqda, deya xabar qildi Lenta.ru.

Les Cèdres saroyi mamlakat janubida joylaşgan. Avval u Belgiya qiroli Leopold II’ga tegişli bölgan, keyin esa zaytun fermasi sifatida işlatilgan. Uyda 14 ta yotoq xonasi mavjud bölib, ularning içki qismi XIX asrdagi qimmatbaho mebellar va suratlar bilan bezatilgan. Şuningdek, katta basseyn, banket zali va 30 boş otga möljallangan otxona bor.

Bundan taşqar, villa hududida 15 mingdan ziyod ösimlik ekilgan Yevropaning eng gözal boğlaridan biri joylaşgan. Qöşni uylarda yaşovçi maşhur insonlar orasida britaniyalik bastakor Endryu Lloyd Uebber hamda Microsoft hammuassisi Pol Allen bor.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Uyning qiymati baholangan summaga Dubaydagi eng qimmat penthauslardan bir neçtasini sotib oliş mumkin. Masalan, Birlaşgan Arab Amirliklarida 27 million dollarga One Palm minorasidan lot sotuvga qöyilgandi. Bölajak egasi unga 20 metr uzunlikdagi maxsus hovuz qurişni söragan. Bundan taşqari, tomda beşta yotoq xonasi va bir neça kuzatuv maydonçasi bor. Binoning umumiy maydoni 3,5 ming kvadrat metrdan ortiqdir.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images