Inson ruhiy quvvatini sörib oluvçi 11ta eng yomon odat
|02:00 / 13.10.201756 2249 min
Har qanday insonda turli vazifalarni bajarişga sarflanadigan ma'lum bir miqdordagi ruhiy quvvat zaxirasi böladi. Agar bu quvvat tugasa, samaradorlik keskin tuşib ketadi. Zarur resurslarsiz qolib ketmaslik uçun uşbu 11 odatdan voz keçiş kerak, deb yozadi Layfxaker.
1. Rejaning yöqligi
Qançalik köp qaror qabul qilsangiz, şunçalik köp ruhiy quvvatingizni sarflaysiz. Bu holda qarorlar öta muhim bölişi, şuningdek arzimas (aytaylik, qaysi köylakni kiyişni tanlaş) bölişi ham mumkin.
Har qanday qaror uçun inson quvvat sarflaydi. Şu sababli köplab insonlar ataylab özlarini çegaralab olişadi. Barak Obama, Stiv Jobs va Mark Tsukerbergning garderobiga e'tibor bering. Ularning har biri köpinça omma oldida doimo bir xil kiyimda namoyon böladi. Amerikalik işbilarmon va iqtisodçi Set Godin esa heç qaçon nonuştasiga xiyonat qilmaydi — u banan va yonğoqli kokteyldan iborat.
Yeçim: har kuni keçqurun ertalabga reja tuzing. Avvaliga unga muhim vazifalarni kiriting. Röyxatni zaruriyatga köra yangilab boring.
2. Haddan ziyod rejalaştiriş
Haddan taşqari rejalaştiriş ham ziyonli bölişi mumkin. Öz vazifalaringiz röyxatini iş, oilaviy uçraşuvlar, sport bilan şuğullaniş kabi narsalar bilan töldirişdan osoni yöq. Lekin bularning hammasini bajariş qiyin.
Dam oliş uçun böş vaqtga ega böliş — muvozanatlaşgan turmuşning eng asosiy jihatlaridan biri. Buni osongina unutiş mumkin, biroq albatta hordiq çiqariş kerak.
Yeçim: kunlik rejangizda sizni tinçlantiruvçi maşğulotlarga joy qoldiring. Bu qandaydir hobbi yoki kitob mutolaasi bölişi mumkin.
3. Tartibsizlikka e'tiborsiz böliş
Iş stolidagi tartibsizlik, sermahsullik kabi muhim ahamiyatga ega emas, deb öylaş mumkin. Biroq mahsuldorlik bu joy qançalik tartibli yiğiştirilganiga boğliq bölişi mumkin. Tadqiqotlarga köra, közga tuşuvçi ma'lumotlarning köpligi diqqatingizni jamlaşga harakat qilgan çoğingizda miyaga katta ta'sir ötkazadi.
Mavzuga oid
Stolingiz ustida e'tiborni jalb qiluvçi köplab narsalar soçilib yotsa, diqqatni jamlaş uçun köproq ruhiy quvvat sarflanadi. Garçi ular tovuş çiqaruvçi va titrovçi smartfon va şu kabi narsalar emas, qistirğiç, yon daftarlar yoki çoy içib tugatilmagan piyola bölsa ham.
Yeçim: Nafaqat iş stolingizda, qayerdaki mumkin bölsa, doimo tartibga rioya qiling. Bu diqqatni jamlaşga yordam berib, şunçaki sizni tinçlantiradi.
4. Işni keyinga siltaş (prokrastinatsiya)
Miyangiz çarçaganini sezgan zahotingiz, barça işni keyingi qoldiriş uçun rağbat paydo böladi. Ba'zan bu ma'noga ega böladi: özingizning bor kuçingiz bilan harakat qilişdan çarçab qolsangiz, muhim loyiha ustida işlaş juda qiyin böladi. Biroq prokrastinatsiya ruhiy quvvatga yomon ta'sir ötkazişi ham mumkin.
Işga hoziroq uriniş kerakligi yoki uni biroz ortga surişga qaror qiliş uçun ham kuç ketadi. Bajarilmagan işni eslaş uçun ham kuç sarflana boşlaydi. Bularning barçasi aqliy zaxiralarning kamayişiga olib keladi.
Yeçim: Ikki daqiqa qoidasiga amal qiling: agar işni şu vaqt içida qilişga ulgursangiz, uni aslo keyinga qoldiriş haqida öylay körmang. Şu bilan birga, diqqatning jamlanişiga salbiy ta'sir ötkazmasdan ikki daqiqalik tanaffus ham qilib oliş mumkin.
5. Haddan ziyod batartiblik (perfektsionizm)
Ideal natijaga harakat qiliş — bu juda yaxşi odat, lekin har narsada bölgani kabi, bunda ham me'yor bölgani ma'qul. 10tadan 10ta vazifani bajarişga intilib, juda köp vaqt sarflaş mumkin, lekin sizning haddan ziyod kuç sarflaganingiz umuman e'tiborsiz qolib ketiş ehtimoli ham bor.
Iş yaxşi bajarilganini, uni davom ettirişdan ma'ni yöqligi tuşungan zahotingiz töxtaşga örganganingiz ma'qul. Siz bir soat ter tökib mehnat qilgan xatni öqib çiqişga boşliqning bir daqiqadan ham kamroq vaqti ketadi.
Yeçim: Iş natijasidan qoniqqaningiz xususida özingizga savol bering. Ideal natijaga erişiş uçun tonnalab ruhiy quvvatni sarflamang. Şunçaki, işni yaxşi bajaring.
6. Köpvazifalilik
Tadqiqotlarning körsatişiça, kognitiv nuqtai nazarda köp vazifalilik nihoyatda samarasiz hisoblanadi. Bir işdan ikkinçisiga ötiş heç qaçon izsiz ketmaydi: har safar siz bekorga quvvat sarflaysiz.
Lekin ba'zi bir insonlarda aksinça, köp vazifalilik tufayli mahsuldorlik oşa boradi. Agar siz şundaylarga taalluqli bölsangiz, bu punkt siz uçun emas, işingizda davom etavering. Lekin aksariyat iş bitta bölsa uni yaxşiroq amalga oşirişadi.
Yeçim: Bir vazifalilikni odatga aylantiring. Pomodoro texnikasidan foydalanib, bir maqsad uçun 25 daqiqa diqqatni jamlaş, söngra miyaga tezda dam berişni örganing.
7. Qayd etib borişni istamaslik
Boşingizda qançalik köp ma'lumot saqlay boşlasangiz, şunçalik köproq quvvat sarflay boşlaysiz. Bu xaridlar röyxati, dam oliş kunlarida hordiq çiqarişga joy tanlaş, hatoki kimningdir telefon raqamiga boğliq bölsa ham. Toki bu narsalar yozib qöyilmas ekan, miyaning qöşimça kuçlanişiga sabab böladi.
Qaydlarni yozib boriş juda oddiy va foydali. Qaydlar bitiş uçun yaratilgan ilovalar yordamida hattoki miyangiz butkul boşqa vazifalar bilan band bölsa ham, muhim narsalarni heç qaçon esdan çiqarmaysiz.
Yeçim: qaydlaringizni qoğozda yoki elektron körinişda bitib boring. Qoğozga yozayotgan çoğingizda siz göyoki miyangizga «Böşaşaver, döstim, men sening örningga işni qilib qöydim» deyayotgandek bölasiz. Şuningdek, yozib qöyilgan narsa xotirada yaxşi qoladi, deb hisoblaşadi.
8. Yomon ovqatlaniş
Yeyayotgan narsalaringiz ham samaradorlikka ulkan ta'sir körsatadi. Oq non, guruç, rafinadlangan şakar kabi glikemik indeksi yuqori bölgan oziqlar sizga darhol quvvat beradi. Biroq ular iste'mol qilingandan söng darhol sarf böladi va çarçoq keltirib çiqaradi.
Turli donli ozuqalar, meva-sabzavotlar, oqsil miqdori yuqori bölgan ovqatlar kabi glikemik indeksi kam bölgan mahsulotlar quvvatni sekin-asta oşirib, uning uzoq vaqt saqlanişiga sabab böladi.
Yeçim: Ovqatlaniş tizimiga biroz özgartiriş kiritib, keskin farqni ilğab oliş mumkin. Yonğoq, baliq va yangi uzilgan mevalardan köproq yeng. Kofeinga boğlanib qolmang. Töğri, u yordam beradi, biroq vaqtinçalik.
9. Suv yetişmasligi
Yetarli miqdorda suv iste'mol qiling. Aynan qança içiş kerakligi bahsli masala, lekin kuniga olti-sakkiz stakan suv içsangiz, özingizni yaxşiroq his qilasiz. Organizmning biroz suvsizlanişi ham salomatlik va samaradorlikka salbiy ta'sirini ötkazadi.
Agar siz gazlangan içimliklar, kofe va çoy içişga könikkan bölsangiz, suvga ötiş oson bölmaydi. Lekin baribir şunday qiliş kerak.
Yeçim: Agar siz özingizni köproq suv içişga majburlaşga qiynalsangiz, My Water Balance kabi maxsus ilovalardan foydalaning. U kuniga qança içiş kerakligi va çoğlantirişda yordam beradi.
10. Uyqu yetişmasligi
Heç narsa uyqu kabi insonga kuç-quvvat bermaydi. Uyquning yetarli miqdori vazifalarni sifatli bajariş va holdan toymaslikka kömaklaşadi.
Agar siz kam uxlasangiz, ertasiga miyangiz barça resurslarini işga tuşirmaydi. Töğri, ularning bir qismini kofein yordamida «uyğotiş» mumkin, biroq sekin-asta unga nisbatan ham organizmda immunitet şakllanadi. Bundan taşqari, kofe va energetik içimliklar tufayli kamroq uxlaş odati şakllanadi va şu sababli çarçoq tezda ötib ketadi.
Yeçim: Organizmingizga qança uyqu talab etilsa şunça bering. Agar siz kun böyi çarçoq his qilsangiz, köproq uxlaşingiz kerakligi aniq. Insonlarning köpçiligiga kuniga 8 soatlik uyqu talab etiladi, şu sababli bu sondan qoçing va özingizning holingizga qarab, qança kerak bölsa şunça uxlang.
11. Sevimli maşğulotlardan voz keçiş
Agar yuqorida sanab ötilganlarning barçasi e'tiborga olinsa, sevimli maşğulotlarni unutiş mumkin yoki ular uçun vaqt qolmaydi hisob. Hobbi, videoöyinlar, futbol, kitob mutolaasi yoki rivojlantiruvçi kurslar — bunday röyxatni bemalol yana davom ettiriş mumkin.
Yeçim: Kunduzgi rejaga siz usiz yaşay olmaydigan maşğulotni kiritiş lozim bölsa — ikkilanmay kiritavering. Balkim siz kunni 20 daqiqalik sevimli maşğulotingizdan keyin boşlaganingiz osonroq bölar. Sizni tinçlantiruvçi, yuzingizga tabassum jo qiluvçi va hayotdan bahra olişingizda asqotuvçi barça narsani kun tartibingizga albatta kiritişingiz kerak.