Virjiniya ştati (AQŞ) universiteti tadqiqotçilari şizofreniyadan kuçli ta'sir etuvçi klozapin preparati bilan davolangan bemorlarning miya faoliyatini yaxşilovçi ingibitorlarni sinaş işlariga kirişdilar, deb xabar beradi Nature jurnali.
Olimlarning fikriça, kognitiv funksiyalarni tiklaş vorinostat sifatida tanilgan gistondeatsetilaz maxsus ingibitorini joriy etiş tufayli yuzaga kelgan. Tanlangan terapiya qisqa muddatli xotira uçun javob beradigan mGlu2 metabotrop glutamat retseptorlarning örtaça darajasini saqlab qoliş imkonini bergan.
2012 yildan buyon olimlar miyaning hujayra faoliyati uçun javob beruvçi ikkinçi turdagi gistondeatsetilazning darajasini nazorat qilişga urinib kelişadi. Biroq faqat 2017 yilga kelib kemiruvçilar ustida ötkazilgan tajribalar daslabki maqbul natijalarni bera boşladi: laboratoriya siçqonlarining hujayra faoliyati, oqsil ferment qilişi va umumiy holati yaxşilandi. Bazaviy hujayra jarayonlarining öxşaşligi e'tiboridan, olimlar yaqin orada şizofreniya va bipolyar xastalikni davolaş uçun universal tabletkalar yaratişlari mumkin.











