Nimalar mumkin emas?

Greypfrut şarbati
Kanadaning Louson soğliqni saqlaş instituti olimlari ma'lum qilişiça, sitrus mevalarda, ayniqsa greypfrut tarkibida furanokumarinlar, ya'ni, davolovçi vosita ta'sirini bir neça marta oşiruvçi moddalar mavjud. Greypfrut yurak kasalliklariga oid, allergiyaga qarşi, viruslar bilan kuraşuvçi vositalar, yuqori qon bosimida qöllanuvçi preparatlar, antidepressant va antibiotiklar bilan birga içilganda alohida xavflidir — çigal ahvolni yanada oğirlaştirişi mumkin.

Çoy
Çoy özida tanin saqlaydi — dori sörilişi tezligiga ta'sir qiluvçi faol modda. Ba'zi holatlarda u ortiqça qözğalişni keltirib çiqaradi, masalan, antidepressantlar bilan davolaş fonida. Boşqalarida esa preparat samarasini kamaytiradi (oral kontratseptivlar qabulida). «Yurak», «oşqozon» tabletkalari va antibiotiklarni çoy bilan içmang.

Kofe
U tetiklaştiradi va kuçli siydik haydovçi ta'sir körsatadi. Agar dori-darmonni kofe bilan içsangiz, preparat tanadan juda tez çiqib ketişiga yoki uning ta'siri kuçayişiga yöl oçişingiz mumkin (masalan, oğriq qoldiruvçi vositalar şu jumladan). 

Sut
Ba'zi hollarda sut bilan dori-darmonlarni, masalan, kaliy preparatlari va vitaminlarni içiş alohida tavsiya etiladi. Ammo tetrasiklin guruhiga kiruvçi antibiotiklar va «yurak» dorilari sut bilan hamkorlik qilişni yoqtirmaydi. 

Alkogol 
Dorilarning spirtli içimliklar fonida söriliş tezligini köriş uçun olimlar ingiçka içakka öxşaş sun'iy muhit yaratişdi. Tajribalar şuni körsatdiki, sinovdan ötkazilgan dorilarning deyarli 60 foizi alkogolli suyuqlikda tezroq eriydi. Ayniqsa antidepressantlar, antibiotiklar, analgetiklar va issiqni tuşiruvçilarni qabul qilişda alkogol qat'iyan taqiqlanadi.

Hatto zararsiz hisoblanuvçi paratsetamol ham spirt bilan qöşilib jigarni zaharlay oladi.

Gazlangan içimliklar
Şakarli vijillaydigan içimliklarning foydasizligi — oşqozon şilliq qavatini tirnaşi, köngil aynişini çaqirişi, şişirişi yetmagandek, dori bilan birgalikda oşqozon-içak trakti uçun haqiqiy «bomba» böladi. Bu, ayniqsa ovqat hazm qilinişini yaxşilovçi, siydik haydovçi, antibiotiklar uçun aloqador.