Ijtimoiy tarmoqlarda Ellikqal’a tumanidagi ikkita maktabda boşlanğiç sinf öquvçilariga beriladigan bepul yeguliklardan noma’lum tabletka çiqqani haqida xabarlar paydo böldi. Qoraqalpoğiston prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, tergovga qadar tekşiruvda Ellikqal’a va Beruniy tumanlaridagi maktablarga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan dori vositasi çiqqanligi aniqlagan. Mazkur yeguliklar ta’minotçi tadbirkorlar tomonidan yetkazib berilmagan. Holat bir guruh şaxslar tomonidan tadbirkorlarni obrösizlantiriş uçun uyuştirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “g” bandi va 192-moddasi (raqobatçini obrösizlantiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Qoraqalpoğistonda öquvçilarga olib borilayotgan mahsulotlardan turli narsalar çiqişi avval ham kuzatilgandi. Xususan, aprel oyida Xöjayli tumanidagi 41-maktabda boşlanğiç sinf öquvçiga berilgan yegulikdan soçga taqiladigan töğnoğiç va qum çiqqandi.
Fevral oyida esa Kegeyli tumanida bolalarga çirib ketgan olma berildi. Holatni Oliy Majlis Senati örgangan va sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilib olgan maktab direktorlari jarimaga tortilgandi.
Ma’lumot uçun, Qoraqalpoğiston hamda Xorazmdagi umumta’lim muassasalarida boşlanğiç sinflar öquvçilarini bepul ovqatlantiriş tizimi prezidentning tegişli farmoniga asosan 2023 yil aprel oyidan yölga qöyilgan. 2023 yil sentabrdan boşlab bu tizim butun Özbekiston böylab barça umumta’lim maktablaridajoriy etilişi kutilmoqda.

















