Toşkentda Tojikiston turoperatorlari bilan memorandum imzolandi, deya xabar qilgan «Özbekturizm» DQ matbuot xizmati.

Özbekiston-Tojikiston biznes-forumi doirasida 12 oktabr kuni «Özekspomarkaz» körgazma majmuasining majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş böyiça davlat qömitasi huzuridagi «Milliy turistik mahsulotini ilgari suriş markazi» DUK va Tojikistonning «Oriyent-Adventur», «Skay-Tur» hamda «Rohat-Tur» turoperatorlari örtasida hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi. 

Tomonlar milliy turistik xizmatlarni ilgari suriş va reklama sohasida birgalikdagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, ikki mamlakat turistik istiqboli borasida axborot almaşuv, milliy turistik brendlarni şakllantiriş hamda ilgari suriş, xalqaro turistik bozorlarda Buyuk ipak yöli böylab transçegara yönalişini birgalikda ilgari suriş orqali turizm sohasida hamkorlik qilişni rejalaştirmoqda.