OFK sobiq xodimi, futbol mutaxassisi Alişer Nikimbayev Özbekiston terma jamoasining JÇ yöllanmasini qölga kirita olmagani sabablari haqida gapirdi.

«JÇga çiqa olmaganimizga eng asosiy sababi bu ÖFFning murabbiy tanlaşdagi xatosi bölgan. Taşkilot terma jamoa saviyasiga umuman mos bölmagan Samvel Babayanni terma jamoaga murabbiy qilib qöydi. Ikkinçi xato esa Babayan şunday mas'uliyatli işni qabul qilib olganidan keyin ham, murabbiylik bilan birga oldingi işi menejyerlikni ham davom ettirgani böldi.

Oddiy misol. Tsikl tugagaç futbolçilar bilan suhbatlaşganimda ularning özi ham aytişdi. Jamoada öng qanotda muammo bor edi. Bu çiziqlarni kuçaytirişi mumkin bölgan ikki nomzod bölgan: Sanjar Tursunov va Vagiz Galiulin. Ammo murabbiy bilan şaxsiy munosabat sabab ular terma jamoaga çaqirilmagan. Qaytarib aytaman bu mening, yoki köçadagi muxlisning gapi emas, aynan terma jamoa içida bölgan futbolçilarning gapi. Men ularning kimligini aytmoqçi emasman, ammo bu bor haqiqat. Misol uçun Doston Hamdamov ham aynan Babayanning ba'zi şartlariga könmagani uçun terma jamoaga jalb qilinmagan.

Lekin bu yagona muammo emas. Agar Babayan barça özining şaxsiy manfaatlarini yiğiştirib qöyib, faqat murabbiylik bilan şuğullangan taqdirda ham terma jamoani zör boşqarişiga işonmasdim. Çunki uning saviyasi bu lavozimga mos emasdi. Aytganimdek, eng katta xato ÖFFda, ular terma jamoaga umuman mos bölmagan mutaxassisni tayinlaşgandi», deya gapirib ötgan Nikimbayev «Oriat Dono» radiosidagi «Futbol plyus» dasturida.