Özbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq Özbekiston Respublikasining bojxona çegarasi orqali ötkaziş punktlarida ikki yölak tizimini - «yaşil» yoki «qizil» yölagidan ötiş qoidalari tartibga solindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tegişli qarorida şunday deyiladi.
Aniqlanişiça, «yaşil» yölak - kirib keliş va çiqib ketiş joylarida maxsus belgilangan, jismoniy şaxslarning notijorat maqsadlardagi qöl yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona çegarasidan olib ötişi uçun möljallangan joy. Undan tovarlar quyidagi tovarlardan taşqari oğzaki deklaratsiyalaştiriş bilan ötiş mumkin:
hujjatlariga muvofiq taqiqlangan yoki çeklangan tovarlar;
aksiz soliği solinmaydigan tovarlarni olib kiriş normasidan oşadigan tovarlar;
ruxsat etilgan mablağlar çeklangan normalari;
«Qizil» yölak esa jismoniy şaxslarning yozma şaklda deklaratsiyalanişi lozim bölgan qöl yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni, şuningdek, deklaratsiyaga kiritilişi jismoniy şaxsning ixtiyoriga köra amalga oşiriladigan tovarlarni bojxona çegarasidan olib ötiş uçun möljallangan joy sanaladi.
Qoidalar tartibga keltirilgan Nizomda keltirilişiça, har bir yölak tomonga harakatlaniş va har bir yölakka kiriş yönalişi aniq belgilanişi hamda farqlanişi zarur.
«Yaşil» yölakka kiriş oq fonda yaşil rangli sakkiz burçak şaklidagi, davlat tili, rus tili va ingliz tilida «Yaşil yölak» yozuvi bölgan maxsus grafik belgi bilan belgilanadi.












