16-18 oktabr kunlarida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi hukumat delegatsiyasi Eron Islom Respublikasiga rasmiy taşrif bilan boradi. Bu haqda TIV Axborot xizmati xabar bergan.
Xabarda aytilişiça, taşrif dasturidan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, vitse-prezident Suren Sattoriy, taşqi işlar vaziri Javod Zarif va Eronning boşqa davlat tuzilmalari rahbarlari bilan uçraşuvlar va muzokaralar örin olgan. Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi Özbekiston-Eron biznes-forumida iştirok etadi va istiqbolli hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi.
Eslatib ötamiz, joriy yil 13 mart kuni Toşkentda 5 marta ötkazilgan özbek-eron vazirliklararo özaro maslahatlaşuv tadbiri ötkazilgandi.Unda Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi rahbari sifatida Taşqi işlar vaziri örinbosari Ibrohim Rahimpur iştirok etgan.









