Avstriya konservativ xalq partiyasi (OEVP) mamlakat parlamenti uçun navbatdan taşqari saylovda 31,4 foiz ovoz töplaşga muvaffaq böldi. Mazkur partiyaga taşqi işlar vaziri Sebastian Kurts rahbarlik qilmoqda.
«Biz barçasini anglagan holda katta mas'uliyatni zimmamizga olamiz», deb öz fikrini yozadi Kurts ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogida.
Kurts özi kim?
1986 yilda tuğilgan Sebastian Kurts öz ona şahridagi Vena Universitetini tamomlagan. Keyinroq, harbiy xizmatni ötab qaytgaç, siyosiy faoliyatini jadal olib borişga kirişdi.
17 yoşida Avstriya xalq partiyasi a'zoligiga qabul qilingan bölajak yoş kansler 23 yoşidan boşlab, partiyaning yoşlar qanotini yurita boşladi. Biroz muddat ötib, partiyaning Vena şahri böyiça qömitasiga boşliq böladi. 2011 yili esa Sebastian Kurts integratsiya masalalari böyiça davlat kotibi lavozimiga tayinlagan.
27 yoşga tölgan yoş siyosatçi Avstriya Taşqi işlar vazirligiga rahbar bölganda, u dunyoning eng yoş Taşqi işlar vaziri sifatida tanilgan edi. Joriy yilning 1 yanvaridan boşlab u YeXHT raisi lavozimida faoliyat olib borgan. Parlament saylovi natijalariga köra, Sebastian Kurts Avstriya tarixidagi eng yoş kansler bölib, iş boşlaşi ma'lum böldi.
Eng qiziği uning ma'lumoti oliy emas, balki öqişning 13 semestrida akademik yönalişdan uzoqlaşgan, şuningdek, diplomsiz kansler bölmoqda.
Saylovoldi dasturida u qanday tarğibotni ilgari surdi?
Joriy yilning may oyidan Xalq partiyasini boşqarib kelayotgan Kurtsning şiori «Xizmatlar evaziga integratsiya» böldi. Uning elektoratga bergan va'dalari qatorida quyidagilar bölgan:
- Yevropaga kirib kelayotgan muhojirlar sonini kamaytiriş;
- Muhojirlarga eng kam imtiyozlar dasturini taqdim etiş;
- Xorijiy mamlakat fuqarolariga Avstriyada kamida 5 yil muqim yaşamaguniça, imtiyozlar berilmasligi şular jumlasidan.
Deyarli yarim yil içida uning obrösi va partiyaning nufuzi sezilarli jihatdan oşib ketdi.











