Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 17 oktabrdan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi. 

Unga köra, dollar kursi bir hafta ilgari, 10 oktabr kuni örnatilgan kursga nisbatan 6.69 sömga ösdi va bir dollar 8058.77 sömni taşkil etdi.

Bir yevro kursi 65.07 sömga kötarilib, 9515.80 sömga teng bölib turibdi.

1 Rossiya rubli esa 2.32 sömga qimmatlab, 140,84 sömga yetgan.

Valyuta qiymatini belgilaş çoğida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni uşbu qiymatda sotiş yoki sotib oliş majburiyatini olmagan. 

Eslatib ötamiz, 5 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 1 AQŞ dollarini 8100 sömga teng baholagandi. Şundan keyingi haftalarda dollar kursi uzluksiz pasayib kelgandi va bir oy içida jami 50 sömga yaqin qiymatda pastlagandi.