Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasining xabariga köra, joriy yilning 11 oktabr kuni, viloyatning Toşloq tumanidagi xonadonlarning birida köp miqdorda giyohvandlik moddasi saqlanayotgani haqida olingan ma'lumot yuzasidan tezkor tadbir ötkazildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bergan.
Tekşiriş jarayonida 1951 yilda tuğilgan N.A. öz xonadonining tomorqasida yetiştirgan naşani quritiş maqsadida, yaşaş xonadoni mehmonxonasi va qurilişi bitmagan binoga yoyib qöyganligi aniqlandi. Giyohvand moddaning sof oğirligi 41 kg 965 grammni taşkil etdi.
N.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov-tezkor suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.











