«Inter» Italiya çempionatining 8-turi doirasidagi uçraşuvda «Milan»ni qabul qildi. «San-Siro» stadionida keçgan bahs nominal mezbonlarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Ğolib jamoa safida hujumçi Mauro Ikardi het-trik qayd etdi. Şu bilan birga, u özining uçinçi va bellaşuvdagi hal qiluvçi golni 90-daqiqada penaltidan kiritdi. «Milan» tarkibida esa forvard Suso hamda xavbek Jakomo Bonaventura öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Şu tariqa, neradzurrilar Italiya çempionatining sakkiz öyinida yettinçi ğalabani qölga kiritişdi, «Milan» esa ketma-ket uçinçi öyinda mağlub böldi.

«Inter» (22 oçko) A Seriya turnir jadvalining ikkinçi örnidan joy olgan bölsa, «Milan» (12) töqqizinçi poğonada.

Italiya çempionati
8-tur

Inter – Milan 3:2 (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 28 Ikardi, 1:1 – 56 Suso, 2:1 – 63 Ikardi, 2:2 – 81 Bonaventura, 3:2 – 90, penalti Ikardi.
Inter – Xandanoviç, D`Ambrozio, Şkrinyar, Miranda, Nagatomo, Vesino, Galyardini, Kandreva (Joau Kanselu, 73), Valero (Eder, 85), Perişiç, Ikardi (Santon, 90).
Milan – Donnarumma, Musakko, Bonuççi, Romanoli (Lokatelli, 78), Borini, Kessie (Kutrone, 46), Bigliya, Bonaventura, Rodriges, Suso, Andre Silva.
Ogohlantirişlar: Miranda (15), Romanoli (22), Vesino (25), Galyardini (66), Perişiç (79), Rodriges (89), Ikardi (90), Eder (90).