Amerikalik jurnalist Jyeyms Grin Apple Watch aqlli soati tufayli fojianing oldini olişga muvaffaq böldi. Gap şundaki, soatdagi maxsus ilova uni yuqori puls körsatkiçidan ogohlantirgan va şifokorga murojaat qilişni tavsiya qilgan, deb yozadi Telegraph.
Grin kun davomida yurak uriş çastotasini kuzatuvçi va u me'yordan yuqori bölsa, soat egasini ogohlantiruvçi Heart Watch nomli mobil dasturdan foydalangan. Pulsning me'yordan tezlaşişi yurak yoki qon tomirlari faoliyatidagi jiddiy muammolarga işora bölişi mumkin. Bugungi kunda mazkur funksiya watchOS 4 versiyali Apple Watch soatlarining barçasida mavjud.
Jyeyms tavsiyaga amal qilib, klinikaga bordi va u yerda unga öpka arteriyasi tromboemboliyasi taşxisi qöyildi. Davolaş kursidan keyin Grin özini yaxşi his qilmoqda va özining Twitter blogida minnatdorçilik sözlarini izhor qildi.

"Qölimdagi ikki yil avval xarid qilgan qandaydir bir kiçik kompyuter hayotimni qutqarişi mumkinligi haqida heç öylamagandim", - deb yozadi u Twitter'da.











