«Xodimlar uçun saroylar»ni barpo qiliş hozirgi zamon talablariga muvofiq ravişda korporativ madaniyat va jamoaviy muhitni  şakllantirişda qöl keladi. 

Axir bu jannatmonand-ku!

Ha, Mey Holland Apple kampusidagi yangi iş joyiga birinçi bor kelganida xuddi fikr xayolidan ötdi. Atrof köm-kök, sportzal, kafe, köngil  oçiş uçun barça imkoniyat bor. Mey binoni tomoşa qilar ekan, uning fikru xayoli şu narsalar bilan band edi. Avvalgi ofisdagi kulrang tösiqlar bilan yangisini umuman qiyoslab bölmas edi. 

Meyning yuqoridagi iş joyi tasvirlari Deyv Eggersning «Sfera» nomli asaridan bölib, Apple korporatsiyasining yangi kampusiga juda ham öxşaşdir. Asl qarorgoh ham kitobdagi singari «uçar likopça» şaklida barpo etildi. Töğri, badiiy asardagi qarorgoh yaqinda tasviri bir neça yillar avval bitilmagan. Ammo barça xodimlarni ulkan majmua ostida töplaş ğoyasi 50 yillar oldin paydo bölgan.

Kaliforniyaning Kupertino şahridagi Apple kampusida Stiv Jobs teatri

Foto: Getty Images

Şahar taşqarisidagi kampus 

Amerikaning boğu roğlarga burkangan birinçi korporativ kampuslari olimlar va muhandislar uçun möljallangan edi. 1942 yili AT&T telefon kompaniyasi Nyu Jyersi ştatida Bell Labs deb nomlangan ilk kampusni barpo etdi. Ötgan asrning 50-yillariga kelib, General Motors, General Electric va General Life Insurance undan örnak oldi. Öşanda bu kabi kampuslar turliça ataldi — sanoat parki, tadqiqot parki yoki texnologiya parki — bularning barçasi fan va işlab çiqarişning tabiat bilan hamohangligini qayd etar edi. 

Nyu Jyersidagi Bell Labs kampusi, 1949 yil

Foto: AT&T Archives and History Center

Uruşdan keyingi Amerika şaharlarini xavfli, iflos, aholi köp va irqiy kamsitiş bilan boğliq muammolar avj olgan şaharlar deyiş mubolağa bölmaydi. Şahar taşqarisidagi faqatgina avtomobillarda boriş mumkin bölgan kampuslar esa, tartibsizliklardan qoçiş borasida ilk qaldirğoçlar böldi. 

Suratlarda kampuslarning jozibador aks etişi salohiyatli mijozlar va yangi xodimlar orasida öziga xos ijobiy ta'sirga ega edi. Kampus nafaqat iş joyi, madaniy va ijtimoiy ma'noda timsol edi. Kampus, şuningdek, dam oliş hamda birgalikda vaqtni ötkaziş imkoni borligi tufayli hamjamiyat taassurotini ham uyğotar edi. Ular tugallangan muhitdek tasavvur hosil qilar edi. U yerda işxonadan taşqari, dam oliş maskanlari, kafelar, dökonlar va barça zaruriy xizmatlar mujassam etilgandi. Natijada iş vaqtida ten¬nis öynaş yoki qahva içiş korporativ hayotning ajralmas bölagiga aylandi. 

Foto: Seattle Municipal Archives/Flickr/CC BY-SA

Yuqori qavatlari erkak menejyerlar uçun xususiy ofislar sifatida ajratilgan edi

21-asr kampusi

1990-yillarga kelib uydan işlaş imkoniyati paydo böldi. Bundan taşqari, autsorsing va işlab çiqarişni boşqa mamlakatlarga köçiriş avjiga çiqa boşladi. Şunga köra, kampuslarga ehtiyoj kamaydi. Bunda raqamli inqilob va iqtisodiy noaniqlik davrida yirik majmuani quriş juda ham mas'uliyatli qadam deb hisoblandi. Masalan, 2014 yili RBS bank va Lloyds moliyaviy muassasalari 1 mlrd funtlik (1,34 mlrd dollar) xarajatlarga qaramay, Angliyaga qaytişga qaror qildi. Şotlandiya mustaqilligi bilan boğliq referendum bunga asos böldi. Bundan taşqari, taşkilotni haddan ortiq markazlaştiriş turli tabiiy ofatlar va terrorizm qarşisida zaiflaştiradi. Şu nuqtainazardan qaraganda, Apple korporatsiyasining 5 mlrd dollarlik kampusini qanday baholaş mumkin?

21-asr Kremniy vodiysi sport zallari, dam oliş xonalari, bepul tamaddixonalari, tibbiy xizmatlari va uygaça yetkazib qöyişi, moslaşuvçan iş soatlari hamda belgilangan me'yordagi kiyimdan odatdagi kiyimlargaça e'tiborga oladi. Tadqiqotlarning körsatişiça, bugungi kunda ajoyib «korporativ kampus borligi» xodimlarni jalb etiş va saqlab turiş omillaridan biri bölib qolmoqda. Kampus madaniyati işni zerikarli jarayondan  — quvnoq hayotga qaytaradi. 

Foto: Alamy

San Frantsiskodagi namoyişçilar Google avtobusini yoqib yubormoqda, 2013 yil

Şu bilan birga, kampus — bu eksklyuziv utopiya bölib, atrof-muhit bilan çeklangan darajada uyğunlaşadi. Masalan, Google kampusiga xodimlarni eltuvçi xususiy avtobus ijtimoiy keskinlikning doimiy manbasi bölib qolmoqda. 

Bir vaqtlar aholi şahar çekkasiga köçganida kamqavatli kampuslar barpo etilgan bölsa, endilikda şaharlarda baland kampuslar paydo bölmoqda. Xususan, Xitoyning Tencent internet provayderi yer ustidan 250 metr balandlikda. Buning hayratlanarli joyi yöq — çunki şaharlarda quriliş maydonlari juda tanqis. Kampuslarni nafaqat xaytek kompaniyalar qurmoqda, Qantas kabi aviakompaniya, ANZ moliya taşkiloti kampuslarini ham misol tariqasida keltiriş mumkin. Şvey¬tsariyaning Novartis farmatsevtika kompaniyasi kampusi maşhur arxitektorlarning loyihalari asosida qurilmoqda va uning qurilişi 2030 yilgaça davom etadi. 

Foto: Alamy

Novartis farmatsevtika gigantining Bazeldagi qarorgohi qurilişi, u qisman taniqli arxitektor Frenk Geri tomonidan loyihalaştirilgan

Ispaniyaning Telefonica kompaniyasiga qaraşli kampusda 14 ming xodim işlaydi. Bu Avstraliyaning 90 foiz şaharlari aholisidan köp demakdir. Ammo korporativ kampuslar – bu şunçaki yirik ofislar emas, ularning sönggi yarim asrdan ortiq vaqt mobaynidagi ommabopligi, öz maqsadi, brendini ilgari suruvçi markazlaştirilgan kampuslar uzoq vaqt özgarmasligini körsatadi. Xodimlar uçun esa, nafaqat iş joyi, balki köproq qolişni orzu qiladigan joy hamdir.