Turkiya hukumati mamlakat havo hududini Iroqning Kurdiston muxtoriyati uçun yopişga qaror qildi. Bu haqda 16 oktabrda mamlakat boş vaziri örinbosari Bekir Bozdag ma'lum qildi.

Avvalroq Turkiya milliy xavfsizlik kengaşi Kurdiston uçun havo hududini yopişni tavsiya qilgandi.

"Hukumat Turkiya havo hududini Şimoliy Iroq uçun yopişga qaror qildi", deb aytgan Bozdag jurnalistlarga.

Uning qöşimça qilişiça, Turkiya-Iroq çegarasidagi "Ibrohim Xalil" nazorat-ötkaziş punktini Iroq hukumati nazoratiga berişni boşlaşga qaror qilingan.

16 oktabrga ötar keçasi Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy Kurdiston bilan bahs olib boriladigan Kirkuk viloyatida xavfsizlikni tiklaş böyiça operatsiyani boşlaşga buyruq bergan. Buyruqqa köra, Kirkuk tomon Iroq qöşinlari yöl olgan.