Özbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyuşmasining Prezidenti Şayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad Ol Taniyning taklifiga köra Dohaga xizmat safari uyuştirib, dunyodagi eng yaxşi futbol akademiyalaridan biri sanalgan «Aspire» akademiyasiga taşrif buyurdi.
«Aspire» bizda juda katta taassurot qoldirdi. Ertaga Qatar Futbol Uyuşmasi bilan memorandum imzolanişi oldidan, öylaymanki, bugungi safar juda samarali böldi. Biz ikki mamlakatda bolalar-ösmirlar futbolini rivojlantiriş maqsadida uşbu akademiya bilan yaqin hamkorlikni yölga qöyişni rejalaştirganmiz», deya Umid Ahmadjonovning sözlarini keltirgan ÖFF matbuot xizmati.


Umid Ahmadjonov bugun, şuningdek, «Aspetar» sportga ixtisoslaşgan tibbiyot markazida böldi. ÖFF delegatsiyasi markaz faoliyati bilan yaqindan tanişib, «Aspetar»ning Özbekiston futboli uçun foydali jihatlarini yaqindan örganişga muvaffaq böldi.





Umid Ahmadjonov 17 oktabr kuni Dohada Qatar Futbol Uyuşmasi prezidenti şayx Hamad bin Xalifa Ahmad Ol Taniy bilan uçraşadi. Uçraşuv yakunlariga köra, Özbekiston va Qatar futboli rahbarlari örtasida hamkorlik memorandumi imzolanişi kutilmoqda.
Qatar safari Umid Ahmadjonovning ÖFF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oşirgan uçinçi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyuşmasi vitse-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uçraşgan edi.












