Myanma xavfsizlik kuçlari vakillari rohingya xalqining yuzlab vakillarini öldirgan. Inson huquqlarini himoya qilişga ixtisoslaşgan Amnesty International taşkilotining Rohingya musulmonlariga doir hisobotida şu haqda söz yuritilgan.
Huquq himoyaçilari taqdim etgan ma'lumotlarga köra, 25 avgust kuni "Myanma xavfsizlik kuçlari vakillari… Rokhayn ştatining şimoliy qismidagi rohingyalar qişloğini qurşab olgan. Öşanda ayollar, erkaklar va bolalar öz uylarini tark etişgan. Bu vaqtda askarlar va politsiyaçilar ularga qarata öt oçib, yuzlab kişilarni öldirgan yoki jiddiy jarohatlagan".
"Guvohlarning sözlari, Amnesty International xodimlari tomonidan töplangan sun'iy yöldoşlardan olingan tasvirlar, foto- va videodalillar, boşqa ma'lumotlar ham bitta xulosa çiqarişga olib kelmoqda. Rohingya elatining yuz minglab ayollar, erkaklar va bolalari insoniyatga qarşi keng qamrovli va tizimli hujumlar qurboni bölgan", — deyiladi hujjatda.
Qayd etilişiça, "sönggi haftalarda Bangladeşga qoçgan 120 dan ortiq rohingya erkak va ayollarining körsatmalari hamda 30 nafar şifokor, jurnalist, ijtimoiy işçilar va Bangladeş rasmiylari bilan suhbatlardan söng, şunday xulosaga kelingan".
Myanma ğarbidagi Rokhayn ştatidagi vaziyat 25 avgustda kesskinlaşdi. Öşanda "Rohingyani qutqariş Arakan armiyasi"ning yuzlab jangarilari politsiyaning 30 ta tayanç punktiga hujum qilgan.
Bugungi kunda Myanmadan Bangladeşga qoçgan rohingya musulmonlari soni 582 ming kişini taşkil etmoqda.











