Niderlandiyaning Gemert şahrida 3D-printer yordamida bosilgan dunyodagi ilk köprik oçildi. Köprik velosipedçilar uçun möljallangan. Köprikni bosişda siyoh örnida beton qöllandi, deb xabar bermoqda BAM Infra kompaniyasi.  

"Bugun beton yordamida bosib çiqarilgan dunyodagi ilk velosiped köprigi oçildi", deyilgan xabarda.

8 metrlik köprikni printerda bosiş uçun 3 oy ketdi. Betonning 800 ta qatlamidan barpo etilgan uşbu köprik 40 ta yuk maşinasi oğirligini kötara oladi.

Yaqin orada betondan turar joy binolari bosib çiqariş rejalaştirilmoqda.