Kataloniyadagi mustaqillik böyiça referendumdan keyin deyarli 700 ta kompaniya muxtoriyatdagi ofislarini Ispaniyaning boşqa viloyatlariga ötkazdilar. Bu haqda Ispaniya savdo registratori direktori Ana Del Vale El Mundo ispan naşriga ma'lum qildi. 

Kataloniyadan ötgan haftaning içida 92 kompaniya ketdi, ularning umumiy soni esa 691 taga yetdi. Bu borada eng tarang kunlar 9 va 10 oktabr böldi. Bu kunlari  mos ravişda 212 ta va 175 ta kompaniya manzilini özgartirdi.

Avvalroq Kataloniya jyeneralitati rahbari Karles Puçdemon Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoyga Kataloniya böyiça muzokaralarni boşlaş taklif qilingan maktub jönatgandi. Madridda uşbu maktub mazmunsizligi va muxtoriyat öz mustaqilligini qabul qilgani-qilmaganiga oydinlik kiritmasligi aytilgan. Ispaniya hukumati bu savolga 19 oktabrgaça javob berişni talab qilmoqda, aks holda u Kataloniyadan muxtoriyat maqomini qaytarib olişni nazarda tutuvçi konstitutsiya moddasini qöllaş bilan tahdid qilmoqda.