Pekinda 18 oktabrda dunyodagi eng köp sonli partiya – Xitoy Kommunistik partiyasining navbatdagi 19-qurultoyi oçildi. Uning natijalariga köra davlatning yangi oliy rahbariyati saylanadi va partiya nizomi qayta körib çiqiladi.

Kompartiya qurultoyi har 5 yilda ötkaziladi. Bu yil u 18-24 oktabr kunlari bölib ötadi. 25 oktabrda esa 19-çaqiriqdagi Kompartiya markaziy qömitasining birinçi plenumi bölib ötadi. Uning natijalariga köra siyosiy byuro va uning doimiy qömitasining yangi tarkibi ma'lum böladi.    

Qurultoyga Kompartiyaning 89 mln a'zosi içidan saylab olingan 2287 deputat keldi.

Delegatlar Xitoy raisi Si Tszinpinning 18-çaqiriqdagi Kompartiya markaziy qömitasi amalga oşirgan işlar haqidagi hisoboti, partiyaning intizom böyiça markaziy komissiyasining işçi hisobotini tinglaşadi, partiya nizomiga tuzatişlarni qabul qilişadi hamda partiya markaziy qömitasining yangi tarkibini saylaşadi.