16 oktabr kuni Özbekistonga kelgan Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov 17 oktabr kuni Samarqand viloyatiga taşrif buyurdi.
Uning Samarqandga taşrifi Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiliş bilan boşlandi. Qabr oldida taomilga köra, Qur'on tilovat qilindi.
Ramzan Qodirov marhum Prezident Islom Karimov dafn etilgan hududda barpo etilayotgan yodgorlik majmuasi bilan yaqindan tanişgan. Şavkat Mirziyoyevning körsatmalari asosida takomillaştirilayotgan majmuada olib borilayotgan işlar Çeçeniston rahbarida katta taassurot qoldirgan.
Ramzan Qodirov Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini ham ziyorat qilgan.

«Mehrob.uz» naşrining Facebook’dagi sahifasida yozilişiça, Ramzan Qodirov taşrif asnosida Imom Buxoriy qabrini ziyorat etar ekan, u kişiga bölgan yuksak ehtiromini izhor etdi. Buyuk alloma qabrlari poyida Qur'on oyatlaridan öqilib, duo qilindi. Mehmon majmua tarixi bilan tanişib, dunyo ahli tan olgan buyuk imomga körsatilayotgan davlat darajasidagi e'tiborni yuksak baholadi.
Majmua yonida bunyod etilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining imkoniyatlari e'tirof etildi
.Mehmonlar taşrif davomida Xöja Doniyor ziyoratgohi, buyuk sahoba Qusam ibn Abbos roziyallohu anhu mangu qönim topgan Şohi Zinda majmuasi va Registon ansamblini ham ziyorat qilişdi.











