15 oktabr kuni fuqaro H.K. Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada yozilişiça şu kuni tungi soat 23:30 larda YaTT «Qambarova Oyşa»ga tegişli dökonda savdo qilayotgan vaqtida, «Epika» rusumli, davlat raqami 10 N 110 FA bölgan avtomaşinada tört nafar noma'lum şaxslar kelib, undan 26.000 sömga narsalar xarid qilib, tölov uçun 50.000 sömlik kupyura berib, qaytim olişgani. Ular ketganidan söng H.K.da 50.000 sömlik kupyura haqiqiy ekanligiga şubha tuğilib, bu haqda IIB xodimlariga xabar berganligini ma'lum qilgan, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat IIB yuridik ta'minlaş bölinmasi.

Olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida mazkur holat yuzasidan gumon qilingan Mirzarahmatov U.A., Nosirov F.A., Abdurahimov A.Yu. va Gilyazov F.X.lar uşlangan.

Şuningdek, suriştiruv jarayonida U.Mirzarahmatov, F.Nosirov, A.Abdurahimov va F.Gilyazovlar Toşkent viloyati, Çinoz tumani, «Yallama» MFY hududida joylaşgan «Baliq» çoyxonasida ovqatlanib, 235.000 söm içiga 1 dona qalbaki 50.000 sömlik kupyurani qöşib, tölov qilganliklari aniqlanib, uşbu kupyura daliliy aşyo sifatida olingan.

VIIB EKBning 812-sonli xulosasida, taqdim qilingan 2 dona seriya raqamlari bir xil bölgan AW 1617005 seriya raqamli 50.000 sömlik milliy pul kupyuralari tomçi purkovçi rangli printerda çop etilganligi, uşbu texnologiya Özbekiston milliy valyutasini işlab çiqariş texnalogiyasiga mos kelmasligi körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB xuzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan U.A.Mirzaraxmatov va uning jinoiy şeriklariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi, 2-qismi, «a» bandi (qalbaki pul yasaş va ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.