
Kseniya Sobçak 2018 yilda Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovlarida iştirok etişi töğrisida ma'lum qildi. Uning jamoasiga qöşilişni istaganlarga özining rasmiy saytida röyxatdan ötişni taklif qildi.
Sobçak öz bayonotida Rossiyada nimanidir özgartirişga harakat qiliş zarurligi va öz ovozini yetkaziş zarurligini aytdi.
"Aks holda Navalniy va boşqa mustaqil siyosatçilar qamoqda ötiraveradi, aks holda heç narsa özgarmaydi", - dedi teleboşlovçi.
Aksariyat bu saylovlarga boykot e'lon qilişni taklif qilmoqda. Umuman heç qayerga bormaslik ham mumkin: nomzodlarning bari allaqaçon jonga tekkan, haqiqiylari esa saylovgaça qöyilmasa, borişdan qanday naf?!
"Agar bormasangiz, sizga baribir emasligini qanday tuşuniş mumkin? Sizning ovozingiz eşitilişi uçun nima qiliş kerak?"
Kseniya Sobçak, teleboşlovçi
Sobçakning qöşimça qilişiça, saylov byulletenidan "hammaga qarşi" bölimi olib taşlangan, u esa saylovlardagi iştiroki bilan uni qaytarmoqçi.
"Biz birgalikda juda kuçlimiz. Ular qanday va'da berişmasin, nimaga yon bosişmasin, biz qarşi çiqamiz. Ularga qarşi. Hammaga qarşi".
Kseniya Sobçak, teleboşlovçi
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov teleboşlovçi Kseniya Sobçakning prezident saylovlaridagi iştirokini quyidagiça izohladi:
"U siyosatni közlayotgan bölsa, öylaşimça, noldan tajriba töplaşiga töğri keladi. Siyosat jurnalistika va şou-biznesdan farq qiladi, bu mutlaqo begona substansiya. Siyosat odamlarning irodasini közda tutadi. Agar Ksyuşa xalqning irodasiga quloq tutib, unga javob berişga tayyor bölsa, siyosatda özini sinaş imkoniga ega böladi", - dedi u. Şuningdek Peskov Sobçak Konstitutsiyaning tegişli bandiga töliq töğri kelişini aytib, uni "iste'dodli inson" deb atagan.











