Avstriya sotsial-demokratik partiyasi mamlakat parlamenti uçun navbatdani taşqari saylov natijasiga köra, öng millatçi Ozodlik partiyasidan özib ketdi. Ovoz beriş byulletenlari sanab bölinganidan söng, mazkur partiya 26,9 foiz saylovçining işonçini qozongani ma'lum böldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda. 

Ma'lumki, 15 oktabrda Avstriyada navbatdan taşqari parlament saylovi taşkil etilgandi. 

Sönggi natijalarga köra, avvalgi saylovda ikkinçi örinni olgan öng partiya 26 foiz saylovçilar ovozini töplay olgan. Avstriya xalq partiyasi esa, 31,5 foiz bilan eng köp ovoz olgan partiya bölib qolmoqda. Parlamentdan, şuningdek, NEOS va "Peter Pilts röyxati" partiyalari ham 5,3 hamda 4,4 foizlik ovoz bilan örin olgan. 

Şu bilan yetakçi konservatorlar parlamentda 62 mandatga ega böladi, sotsial-demokratlar — 52, önglar — 51, "Yangi Avstriya" 10, "Pilts röyxati" — 8 deputatlik kursisini egallaydi.

Milliy kengaş tarkibiga jami 183 deputat kiradi. Mamlakat prezidenti Aleksandr Van der Bellen 20 oktabr kuni Xalq partiyasi raisi Sebastyan Kurtsga yangi hukumatni şakllantiriş huquqini berişini bildirdi.