Britaniyaning Bonhams kimoşdi savdo uyi 11 noyabr kuni Rolls-Royce’ning pikap turidagi kuzovga ega avtomobilini sotuvga qöyadi. Bu haqda Motor Authority xabar bermoqda.

Auktsion uyi ma'lumotiga köra, bu nusxa Rolls-Royce’ning jahondagi yagona pikapi sanaladi. Avtomobilga taniqli kolleksiya yiğuvçi Lindli Botuell egalik qilgan. Maşina 1926 yilgi 40/50HP Silver Ghost Tilbury Sedan modeli şassisida yaratilgan. U firmaning Massaçusets ştati Springfildidagi zavodida yiğilgan hamda Santa-Monikada yaşovçi Lilian MakKlergga sotib yuborilgan. Botuell avtomobilni 1940-yillarda xarid qilgan hamda uni pikapga aylantirgan. Keyinçalik maşina uning fermasidan sitrus mevalarni taşiş uçun işlatilgan.

Avtomobil biroz ta'mirtalab, sababi, Bonhams vakillarining tuşuntirişiça, «kabinada kiçik hayvonlar mehmon bölib ketişgan». Lot 50-70 ming dollarga baholanmoqda.

Lindli Botuell (1901-1986) – amerikalik fermer, XX asr boşidagi avtomobillar kolleksionerlarini birlaştiruvçi Amerika otsiz ekipajlari Klubi (Horseless Carriage Club of America) asosçilaridan biri. AQŞdagi 1900-1920-yillarga tegişli eng katta avtomobillar kolleksiyasini yiğa olgan. Botuellning avtomobillari 11 noyabr kuni Bonhams savdolariga qöyiladi. Auktsion Kaliforniyadagi uning oilasiga tegişli bölgan Botuell rançosida ötkaziladi.