Himoyaçilar Serxio Ramos, Jyerar Pike va yarimhimoyaçi Serxio Buskets Ispaniya terma jamoasini tark etişi mumkin.

Agar mamlakat futbol federatsiyasi rahbari Xuan Luis Larrea terma jamoa direktori Mariya Klaramuntni iste'foga çiqaradigan bölsa, futbolçilar "qizil furiya" libosini boşqa kiymasligini ma'lum qilgan.

Marca xabariga köra, JÇ-2018 saralaşidan örin olgan Lixtenşteynga qarşi öyindan oldin Larrea öz qarori haqida futbolçilarni xabardor qilgan. Şundan söng, Pike, Ramos va Buskets bundan norozi bölib, agar barçaning hurmatiga sazovor bölgan Klaramunt xonim işdan böşatilsa, terma jamoani tark etiş bilan tahdid qilgan.

Bu gaplardan söng Larrea bilan futbolçilar orasiga sovuqlik tuşgan. Unga terma jamoa kiyiniş xonasiga kiriş taqiqlangan. Öz navbatida Larrea Ispaniyaning JÇ-2018 yöllanmasini qölga kiritgani, şuningdek Busketsni terma jamoa safida 100-öyinni ötkazgani bilan tabriklamagan.

Payşanba kuni Larrea öz söziga sodiq qolgan holda, Klaramuntni iste'foga çiqargan. Futbolçilarning bunga munosabati hozirça ma'lum emas.