Singapurda maşinadagi videoqaydnoma uskunasi çorrahada ikkita avtomobilning töqnaşib ketganini tasvirga oldi. Ulardan biri göyoki birdan paydo bölgandek tasavvur uyğotadi. Bu ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari orasida katta bahs-munozaralarga sabab böldi.
Foydalanuvçilardan bir qismi hodisani videoqaydnoma işidagi xatolikka yöyişgan bölişsa, video muallifi «arvoh-maşinani» «Kelajakka qaytib»dagi DeLorean bilan taqqosladi.
Foydalanuvçilardan birining taxminiça, aslida maşina körinmas hududga tuşib qolgan va oq BMW bilan bir vaqtda harakatlangan, şuning uçun uni payqaşmagan.











