Me'mor Kris Seymor-Smit qadimiy qarorgohni yilning uçdan ikki qismida özini özi elektr energiyasi bilan ta'minlaydigan öta zamonaviy ekologik toza uyga aylantirdi. New Atlas şu haqida xabar berdi. 

Hill Barn — Kotsuolds (Angliya) qişloği markazida joylaşgan tepalikdagi 300 yillik toşdan qurilgan bino. Uzoq vaqt mobaynida heç kimga bu binoni qayta loyihalaştiriş va modernizatsiyalaşga ruxsat berilmas edi, hatto Duran Duran guruhi zarb musiqaçisiga ham ruxsat berilmadi. 

Oxir-oqibat me'mor Kris Seymor-Smit bir yilda tört tarixiy binoni qayta qurişga ruxsat beruvçi davlat dasturini amalga oşirişga muvaffaq böldi. Asosiy şarti - barça özgarişlar binoni haqiqatda ajoyib  köçmas mulkka aylantiriş. 

Şuning uçun uy töliq zamonaviy ekologik standartlarga muvofiq qayta qurildi. Uyning janubiy devorida quyoş panellari joylaşgan, şuning uçun mart oyidan oktabrgaça uy özini özi elektr energiyasi va issiq suv bilan ta'minlaydi. Qişda, quyoş kam paytda uyda öçoqli suv isitgiçdan foydalanişadi. U uy termal tizimining bir qismi hisoblanadi.

Uy havosi issiqni rekuperatsiya qiluvçi tizim yordamida filtrlanadi. Iqlim nazorati tizimi yilning har qanday mavsumida 20-21 daraja iliq havoni uşlab turadi, hatto kuçli sovuqlarda ham. Toş devorlar issiqni tortib olmasligi uçun Seymor bino böylab issiqlik izolyatsiyasini örnatgan. 

Uy BBC'ning Buyuk Britaniyadagi bazasi yaqinida joylaşgan, tovuş izolyatsiyasi tizimi şu qadar takomillaşganki, uy egalari hatto oğir harbiy-transport samolyoti uçib ötsa ham eşitişmaydi. 

Foto:  Seymour-Smith Architects
Foto:  Seymour-Smith Architects
Foto:  Seymour-Smith Architects
Foto:  Seymour-Smith Architects