Hindiston kosmik tadqiqotlar taşkiloti (ISRO) kelgusi yilning mart oyida "Çandrayan-2" kosmik kemasini Oyga olib çiqişni rejalaştirmoqda. Vikram Sarabxai nomidagi Kosmik markaz (VSSC)da şu haqida xabar berildi. 

VSSC direktori K.Sivanning ma'lum qilişiça, ISRO dekabr oyidan sun'iy yöldoşlar seriyasini işga tuşiriş bilan şuğullanadi. Hindiston 31 avgustdan, ya'ni  ISRO IRNSS-1H sun'iy yöldoşining  muvaffaqiyatsizligidan keyin buyon bunday işlarni töxtatib qöygan edi. Dekabrning ikkinçi yarmida Hindiston Cartosat-2 navigatsion yöldoşini 30 nanoyöldoş bilan bir vaqtda işga tuşirişni rejalaştirmoqda, undan keyin esa IRNSS — 1A'ni almaştiriş böyiça ikkinçi uriniş amalga oşiriladi. 

"Bu ikki parvoz ham Şrixarikot (kosmodrom)ning birinçi maydonidan amalga oşiriladi, zero ikkinçi maydon uç GSLV raketasini işga tuşiriş bilan band böladi", - deydi Sivan Times Of India'da.

ISRO mazkur missiya doirasida 2008 yilda Çandrayan ilk oy missiyasi doirasida foydalanilgan PSLV örniga GSLV Mk-II raketa taşuvçisidan foydalanişni rejalaştirmoqda. Yukning umumiy oğirligi - orbital qurilma, qöniş moduli va oy roveri - 3250 kilogrammni taşkil qiladi. 

"Çandrayan-2" loyihasi Hindistonning oy dasturining davomi hisoblanadi. 2008 yilning oktabrida "Çandrayan-1" qurilmasi birinçi marta Oyga çiqarilgan. Bu qurilma oy orbitasida 312 kun işlagan, şu bilan birga uning yuzasiga zarb zondini yöllagan. ISRO "Çandrayan-2" missiyasi doirasida oy yuzasining mineralogik va elementar tarkibini örganişda davom etadi. Dastlab bu missiya qöniş moduli uçun javobgar Rossiya iştirokida amalga oşirilişi közda tutilgandi, biroq 2013 yilda barça tarkibiy qismlar Hindistonning öziga tegişli bölişi töğrisida qaror qabul qilindi. 

Şunday bölsa-da, missiya baribir Rossiya iştirokini çetlab öta olmaydi. Noyob izotop kyuriy-244 dunyoda faqat ikki mamlakatla işlab çiqariladi - Rossiya va AQŞ.