Britaniyalik avtopoygaçi, "Mersedes" jamoasi vakili Lyuis Xemilton ""Formula-1" poygasining AQŞ Gran-prisi ğolibi böldi. U marra çiziği oldida "Ferrari" poygaçisi Sebastyan Fettelni doğda qoldira oldi.

3-örinni "Ferrari"ning yana bir a'zosi, finlyandiyalik Kimi Raykkonen egalladi.

Xemiltonning bu ğalabasi faoliyatidagi 62-ğalaba böldi. Umumiy hisobda Lyuis uni ta'qib qilayotgan Fetteldan 66 oçko oldinda bormoqda va uning ğolibligi faqatgina vaqt masalasi bölib qolmoqda. 

Foto: Reuters

Quyidagi umumiy jadval keltirilgan. 

    Lyuis Xemilton – 331
    Sebastyan Fettel – 265
    Valtteri Bottas – 244
    Daniel Rikkardo – 192
    Kimi Raykkonen – 163
    Maks Ferstappen – 123
    Serxio Peres – 86
    Esteban Okon – 73
    Karlos Sayns – 54
    Felipe Massa - 36

Xemiltonning ğalabasi, Valtteri Bottas qölga kiritgan 10 oçko "Mercedes" jamoasiga çempionat tugaşiga 3 bosqiç qolganda muddatdan avval "Konstruktorlar kubogi"ni qölga kiritişga imkon berdi. Jamoa bu unvonni qatorasiga törtinçi yil qölga kiritmoqda. 

Poyganing keyingi bosqiçi Meksikada 26-29 oktabr kunlari bölib ötadi.