2017 yilning 16 oktabr kuni taxminan soat 23:50larda R.X. mast holatda, Şayxontohur tumani hududida fuqaro S.T. bilan örtalarida kelib çiqqan janjal oqibatida, unga oşxona piçoği bilan oğir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Natijada S.T. birinçi sonli şahar klinik şifoxonasiga olib borilib, unga "kökrak qafasi çap tomonlama sançilgan-kesilgan jarohati” taşxisi qöyilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.