Keça bosniyaliklarni nomunosib deb hisoblab, ularga mensimay munosabatda bölgan mamlakatlar bugun suriyaliklar, falastinliklar va liviyaliklarga nisbatan ham şunday munosabatda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Bosniya va Gertsegovinaning birinçi prezidenti Aliya Izetbegoviç vafotining 14 yilligiga bağişlangan tadbirda şunday bayonot bilan çiqdi. "Anadolu" agentligi şu haqida xabar berdi.
Turkiya davlat rahbarining sözlariga köra, bosim ötkazilayotgan mamlakatlar röyxati özgarmoqda, "biroq butun bir xalqning fojiasini indamay tomoşa qilayotgan minbarlar tarkibi özgarişsiz qolmoqda".
Erdöğan Yevropa qadriyatlari inqirozi Bosniyadayoq özini namoyon etgani, Suriya esa mazkur jarayonning sönggi zvenosi ekanini ta'kidladi.
"Yevropa mamlakatlari qirğoqlaridagi qoçqin bolalar jasadlari Ğarb degradatsiyasidan dalolatdir. Afsuski, oxirgi 7 yilda Ğarb qadriyatlari Yevropa mamlakatlarining özi tomonidan diskreditatsiya qilindi", - dedi Turkiya prezidenti.
Erdöğan Anqara Yevropa mamlakatlari yetakçilaridan Turkiya nomini bulğaşni bas qilişni kutayotganiga işora qildi.
"Yevropa yetakçilari yanada ratsional yondaşuvni qöllaşlari kerak. Ksenofobiyani tarğib qiliş heç kimga foyda keltirmaydi. Islomofobiya tölqinida hukumat tepasiga kelişga bölgan urinişlar inqiroz bilan tugaşi muqarrar. Yevropa Turkiyasiz özini özi ziddiyatga mahkum qiladi", - deya izoh berdi davlat rahbari.
"Turkiya Yevropaga emas, Yevropa Turkiyaga muhtoj. Yevropada hozir buni tan olmasliklari mumkin, biroq haqiqat şundan iboratki, murakkablaştiruvçi surunkali muammolardan davo Turkiyaning özida. Muammolarni bartaraf qilişning yöli - Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga tölaqonli a'zoligida", - dedi Erdöğan.
"Kimki Turkiyaga tahdid bilan bosim ötkaziş mumkin deb öylasa, qattiq adaşadi. Ular öz tarixini unutişmoqda va tez orada qattiq adaşganlarini tan olişadi. Turkiya çekinmoqçi emas va u fitnalarda iştirok etmaydi. Anqara öz nufuzini saqlab qoladi va strategik maqsadlariga sodiq qoladi", - qöşimça qildi prezident.












