SpaceX'ning asosiy raqibi Vector aerokosmik kompaniyasi 2018 yilda Virjiniya ştatidagi NASA kosmodromidan uç raketa parvozini amalga oşiradi. Vaqt ötgan sayin ularning soni yiliga oşib boradi, deb yozadi CNBC.

Raketaning ilk parvozi 2018 yilning iyuliga rejalaştirilgan. Ijroçi direktor Jim Kantrellning sözlariga köra, şartnoma beş qöşimça parvozni ham közda tutadi. Vector-R — mikroyöldoşlarni işga tuşirişga möljallangan unça qimmat bölmagan raketa, u 5 yildan keyin 7,5 milliard dollar hajmga ega yangi bozorni hosil qilişi mumkin. 

Uni işga tuşiriş 3 million dollarni taşkil qiladi - bu ança arzon. Vector-R'ning qöşimça ustunligi  — uning mobilligida. Uni işga tuşiriş uçun faqatgina beton maydon kerak böladi - bu esa aerokosmik uskuna uçun minimal infratuzilmadir. 

Kantrellning sözlariga köra, hozirça yagona muammo - sun'iy yöldoşlarni qutb orbitalariga çiqarişda. Buning uçun Virjiniyadagi kosmodromdan Alyaskadagi Kadyak oroliga köçişga töğri keladi. 

Kompaniya birinçi mijozlar bilan sönggi muzokaralar bosqiçida. "2018 yildagi ilk startlarimiz uçun 4 kompaniya bilan şartnoma imzolayapmiz", - deydi Kantrell. Uning sözlariga köra, tez orada Vector Arizona ştatining Tusona hududida 3,7 ming kvadrat metr maydonli zavodiga ega böladi.

Vector Kremniy vodiysidagi eng maşhur vençur kompaniyalardan biri Sequoia tomonidan moliyalaştiriladi. Bugungi kunda unga safarbar etilgan  investitsiyalar hajmi taxminan 31 million dollarni taşkil qiladi.