Bundan bor-yöği bir neça yil ilgari televideniyeni boşqariş imkoniyatiga ega böliş, xususiy körsatuvlar jadvalini yaratiş, töğridan-töğri efirni nazorat qiliş haqiqatga aylanişi mumkinligini heç kim tasavvur ham qilmagan bölsa kerak. Bu işlarni bajariş uçun heç qanday kuç va super imkoniyatlarga ega bölişning zarurati ham yöq. IPTV– allaqaçon ulaniş mumkin bölgan, 2012-yilda «Özbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan işga tuşirilgan, Özbekistonda innovatsion rivojlanişning mutlaq yangi bosqiçini belgilab, bugungi kunda jadal xonadonlarimizga kirib borayotgan servisdir.

Bugungi kundayoq IPTV – bu har bir tomoşabinga körsatuvlar namoyişini ajoyib darajada qulaylaştiruvçi, uzluksiz kengaytirib boruvçi takliflar va xizmatlar turlaridir. Siz doim eng yaxşi körsatuvlar namoyişini takroran tomoşa qilişingiz mumkin! Sevimli körsatuvni tomoşa qila olmadingizmi – bu köngilsiz muammo ham darhol hal etiladi. Bundan taşqari, köplab – «Talab böyiça video», «Ota-ona nazorati» va boşqa servislar ham mavjud.

Statistik ma'lumotlarga köra Özbekiston aholisi qanday IPTV xizmatlaridan foydalanayotganligini aniqladik, talablarga muvofiq yetakçilik – Video on Demand xizmati – ya'ni Talab böyiça video xizmatiga tegişli bölib çiqdi.
Masalan, 2017 yil avgust oyida ötgan oylarga nisbatan abonentlar tomonidan foydalanilgan IPTV Video on Demand xizmatidan operator daromadi örtaça 154 foizga oşdi. Bu davrda köpçilik tomoşabinlar multfilmlar, özbek köngiloçar şou-dasturlari, işlab çiqarilgan milliy kinofilmlarni talab qilişgan.

Şuni aytiş kerakki, «Özbektelekom» AK servisning kelgusi rivoji böyiça jiddiy rejalarga ega. Bunda gap, xususan, Over the Top* xizmatining joriy etilişi haqida bormoqda.
Şu bilan birga, servis faoliyati imkoniyatida – IPTV kanallari sonining ham kengaytirilişi rejalaştirilgan. Hozirgi vaqtda tomoşabinga 73ta kanal namoyişlari taqdim etilmoqda.










