Yirik korporatsiyaning boş direktori faoliyatiga har tomonlama,  obektiv baho beriş uçun köplab jihatlarga e'tibor qaratiş kerak. Şunga qaramay, rahbar işining samarasi borasida yakuniy xulosa çiqarişda köpinça korxonaning moliyaviy holati inobatga olinadi. Bloomberg axborot agentligi dunyoning eng samarali faoliyat olib boruvçi boş direktorlari reytingini taqdim etdi. 

Eng yaxşi rahbarlar röyxati beşligidagi tört örin (2-5) IT-sanoati vakillari tomonidan egallangan. 

1-örin Fossil Group moda brendi rahbari Kosta Kartsotisga nasib etdi. Sönggi hisobotlarga köra, bu rahbar maoş olmay faoliyat körsatmoqda. 

Kompaniyasining sönggi uç yildagi örtaça iqtisodiy daromadi 129 million dollarni taşkil qilgan bölsa-da, umuman maoş olmagan Ubiquiti Networks rahbari Robert Pera 2-öringa munosib körildi. Şuni ta'kidlaş joizki, janob Pera – milliarder va u Ubiquiti Networks’ning 70 foiziga egalik qiladi. 

Nufuzli 3-örin Alphabet xoldingi boş direktori Larri Peyjga berildi. U mazkur reytingning sözsiz yetakçisi bölişi mumkin edi, biroq unga 1 dollar miqdoridagi ramziy iş haqi tösqinlik qildi. Agar şundan ham voz keçganida edi, reytingning eng yuqori çöqqisini zabt etgan bölardi. Zero Alphabet’ning örtaça iqtisodiy daromadi 3 milliard dollardan oşadi. 

Keyingi örinlarda Hongkongning China Mobile kompaniyasi rahbari Li Yue (4-örin), Hindistonning Oracle Financial Sevices Software direktori Çaytaniya Kamat (5-örin) qayd etilgan. 

Amerikaning Berkshire Hathaway boş direktori Uorren Baffet 6-örinni egalladi. Hindistonning Rajesh Exports kompaniyasi rahbari Praşant Jasvantray Mehta 7-örin, AQŞning Copart kompaniyasi direktori Jay Adayr 8-öringa munosib körildi. 

9-örinda Tailand kompaniyasi bölmiş Siam Makro kompaniyasi rahbari Suçada Izijarikul qayd etilgan bölsa, 10-örinni ham şu mamlakatning BEC World kompaniyasi direktori Prasan Malinont egalladi.