«Inter» Italiya çempionatining 10-turi doirasidagi öyinda «Sampdoriya»ni qabul qildi. «San-Siro» stadionida keçgan bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Ğolib jamoa safida forvard Mauro Ikardi dubl qayd etgan bölsa, Milan Şkrinyar yana bir golga mualliflik qildi. Genualiklar uçun esa Davil Kovnatski va Fabio Kvalyarella töp kiritdi.

Milan klubi çempionatning dastlabki 10 turida 26 oçko töplab, klub rekordini takrorladi. «Neradzurrilar» bunday natijani 1997/98-yilgi mavsumda qayd etişgandi.

«Inter» 26 oçko jamğardi va Italiya çempionati turnir jadvalida birinçi öringa kötarilib oldi. Ikkinçi poğonada borayotgan «Napoli» (25) bir öyin kam ötkazgan. «Sampdoriya» (17) esa oltinçi örinda.

Inter – Sampdoriya 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 18 Şkrinyar, 2:0 – 32 Ikardi, 3:0 – 54 Ikardi, 3:1 – 64 Kovnatski, 3:2 – 85 Kualyarella.
Inter – Xandanoviç, D`Ambrozio, Şkrinyar, Miranda, Nagatomo (Santon, 84), Vesino (Joau Mariu, 74), Galyardini, Kandreva, Valero, Perişiç, Ikardi (Eder, 87).
Sampdoriya – Pudjoni, Bereşinski, Silvestre, Ferrari, Murru, Barreto(Linetti, 66), Torreyra, Prat, Ramires (Kaprari, 46), Kualyarella, Sapata (Kovnatski, 57).
Ogohlantirişlar: Murru (61), Kualyarella (85), Galyardini (88), Eder (90).