Ar-Riyod dunyo uçun oçiq bölgan mö'tadil islomga keliş niyatida. Bu haqida Saudiya Arabistonining valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon bin Abdul Aziz Ol-Saud seşanba kuni qirollik poytaxtida oçilgan xorijiy investorlar forumida ma'lum qildi.
"Biz avvalgi - dunyo va qolgan barça dinlar uçun oçiq bölgan mö'tadil islomga keliş niyatidamiz", - deya ma'lum qildi taxt vorisi.
"Saudiya Arabistoni aholisining 70 foizi - 30 yoşdan kiçik. Biz ekstremistik ğoyalar sabab yana 30 yilni yöqotmoqçi emasmiz. Ularni bugunoq yöq qilamiz", - dedi şahzoda.
Ta'kidlaş joizki, 2030 yilgaça amalga oşirilişi rejalaştirilgan iqtisodiy islohotlar dasturi uning taşabbusi bilan işlab çiqilgan.












