BMW kompaniyasi X2 seriyali krossoverini namoyiş qildi. Yangi avtomobil sotuvlariga 2018 yilda start beriladi. Bu haqida RBKning AutoNes'ida ma'lum qilindi. 

BMW X2 ötgan yilning kuzida Parij avtosalonida namoyiş qilingan şu nomli prototipning dizayn va ölçamlarini takrorlaydi. Yöltanlamasning umumiy uzunligi 4360 mm'ni, balandligi esa 1526 mm'ni taşkil qiladi. Şu tariqa X2 avtosi X1'dan 49 mm va 69 mm'ga kiçik. Ğildirak asosining hajmi 2670 mm'ga teng.

Yangi avtomobilning yukxona bölimi hajmi 470 litrni taşkil qiladi (X1'dan 35 litrga kamroq). Krossover BMW 2-Series Active Tourer va Gran Tourer asosida yotuvçi, şuningdek MINI rusumli avtomobillar liniyasidagidek UKL platformasiga qurilgan.

 

Foto: BMW 
Foto: BMW 

Yangi avto saloni köp jihatdan X1 modelini yodga soladi. Qöşimça tölov evaziga iDrive multimedia tizimining 8,8 dyuymli sensor monitori, şu bilan birga, proyektsion  displey ham taqdim etiladi. 

Foto: BMW 
Foto: BMW 

Krossoverning top-versiyasi işçi hajmi 2 litr bölgan dizel agregati bilan jihozlanadi. Bunday avtomobil turgan joyidan 6,7 soniyada 100 km/soatgaça tezlaşa oladi, uning maksimal tezligi esa soatiga 200 km'ni taşkil qiladi.