O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shohsupaga ko‘tarilishgan. O‘zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangragan. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tishgan.
O‘zbekiston prezidenti faxriy qorovulni quyidagi so‘zlar bilan olqishlagan: «Merhaba asker».

Prezidentlar delegatsiyalar a'zolarini tanishtirishgan.

Shundan so‘ng, davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilgan.










