Yaponiyada "tenkafubu" navidagi ikkita xurmo bugun 540 ming iyena (taxminan 4,8 ming dollar)ga sotildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Butunyapon qişloq xöjaligi assotsiatsiyalari federatsiyasining Gifu prefekturasi bölinmasi savdolar bölimi vakili Ito Yosiyukiga asosan.
"Bu joriy yildagi eng birinçi savdolar. Narxga ham şu ta'sir körsatgan bölişi mumkin. Biroq, eng asosiy sababi şundaki – bu navdagi xurmo juda noodatiy şirin ta'mga ega. Agarda oddiy xurmoda şakar miqdori Briks şkalasi böyiça 15-16 darajani taşkil etsa, bu nufuzli navda u 18dan ortiqqa teng. Bugun Matsuzakaya dökonida sotilgan ikkita xurmoda esa, u 25 darajadan ham köp. Şuningdek, ularni iste'mol qiliş yoqimli – ular ança qattiq va qisirlaydi, xuddi yapon noklari kabi", - dedi u.
"Tenkafubu" navini yaratişga 11 yil sarflangan, hamda u faqatgina ötgan yili savdolarga çiqarildi. Öşanda maksimal narx taxminan uç ming dollar edi. Bitta xurmoning oğirligi esa 300 grammni taşkil etadi.












