Intel korporatsiyasi rahbari Brayan Krjaniç Wall Street Journal naşriga bergan intervyusida sun'iy ong (SO) haqidagi fikrlari, u qayerda tezroq paydo bölişi, sun'iy ong bilan şuğullanuvçi haqiqiy kompaniyani bu sohada şunçaki piar qilayotgan kompaniyadan ajratiş haqida mulohazalari bilan bölişdi. Uning fikriça, bu texnologiyadan voz keçuvçi yoki uni joriy qilişda keçikuvçi kompaniyalar bir çekkada qolib ketadilar.

"Biz sun'iy ong transformatsiyasi boşida turibmiz. SO sohasi bugun internet rivojlanişining ilk davriga öxşaş davrni boşdan keçirmoqda. Öşanda har bir kişi "Agar internet-kompaniyalarga aylanmasangiz, unda yaşab keta olmaysiz" deb aytgan. Bugungi kunda xuddi şu narsa SO bilan yuz bermoqda. SOga istalgan kompaniya, istalgan soha duç keladi. Buni inkor qiluvçilarning örnini boşqalar tezda egallaydi", deb aytmoqda Krjaniç.

Krjaniçning fikriça, SO birinçi navbatda ijtimoiy media, internet-savdo va köngiloçar xizmatlarga ta'sir qiladi. Bugungi kunda maşinaviy öqitiş tibbiyotda katta salohiyat namoyiş qilmoqda. Algoritmlar MRT natijalari va boşqa tibbiy ma'lumotlarning katta hajmi bilan samaraliroq işlaşga qodir. Algoritmlar yangi dori-darmonlar, davolaşning yangi usullarini işlab çiqişni tezlaştiradi. 

Intel öz tomonidan neyron hisoblaşlarni rivojlantiriş böyiça işlarini kuçaytirmoqçi.

Krjaniç SO haqida şunçaki gapiruvçi va haqiqatda real dasturlar işlab çiqaruvçi kompaniyalarni qanday farqlaş mumkinligi haqidagi savolga bu kompaniyadan SO uning faoliyatidagi muammolarni hal qiliş muddatlarini qançalik qisqartirgani haqida söraşni taklif qildi. Misol uçun, Intel kuniga 1 mln ga yaqin çip işlab çiqaradi. Har bir çipni işlab çiqariş jarayoni 1,6 mln ta surat yaratiş bilan keçadi. Çipni yaratişning har bir lahzasi suratda qayd qilinadi. Keyinroq agar nuqson aniqlansa, unda tizim texnologiya buzilgan lahzani özi aniqlay oladi. Avval bunga haftalab vaqt ketardi, hozir esa 2 soat oladi. Krjaniçning aytişiça, agar kompaniya şunday misol keltira olsa, unda uni SO-kompaniyasi deyiş mumkin.