Tahririyatimizga kelgan xatlar orasidan ikkitasi e'tiborimizni jalb qildi. Insonlar şaxsiy muammosi emas, qişloği, yaşab turgan maskani, umuman, birga yaşayotgan qişloqdoşlarining ahvoli önglanişi sörab murojaat qilişgan. Ulardan biri Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumanidan bölsa, ikkinçisi Navoiy viloyati Xatirçi tumanidan kelgan.

Umid qilamizki, tumandagi mutasaddilar uşbu xatlarda körsatilgan muammolarni hal qilişadi.

«Men Baxtiyor Törayev, Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanida «Nişon» QFY, «Yangi hayot» mahallasida yaşayman. KUN.UZ saytini muntazam kuzatib boraman. Jamiyatimizdagi özgarişlar, yeçimini topmagan masalalar, huquqlarning poymol bölayotgani, ularni oçiq-oydin körsatib berişlaringiz diqqatga sazovor bölmoqda.

Mahallamiz taşkil topganiga 25 yil böldi. Deyarli hammasi yangi rözğor. Endi-i, özbekmiz xudoga şukr, hammamizda 2-3 nafardan, kamida bir maktabga çiqadigan farzand bor. Mahallamizda 200dan oşiq xöjalik istiqomat qiladi. Bu degani örtaça 500 bola maktabga borişini bildiradi. Lekin mana, kuzning quyoşli kunlari ötib bormoqda, yaqinlaşayotgan qiş va bahorning yoğin-soçinli kunlarida maktabga borolmasdan qiynalişadi. Boradigani ham bir soat oldin çiqiş kerak, öşanda keçikmay boradi. Çunki qişning ertalabki qoronğusida soat 7 yarimda mahalladan çiqişdagi 150 metrça botqoq va loy yöldan çiqişga 15–20 daqiqa vaqti ketadi, agar yiqilmasa! Loyda sirpanib yiqilsa — ortga qaytiş kerak.

Bu mahallaning yonida tuman YPX posti bor va begona, hujjati yuq yoki ortiqça muammoni xohlamagan haydovçilar yuk maşinasida bizning köçadan aylanma yul sifatida foydalanib, ötib ketişadi. Endi tasavvur qiling: tinimsiz yuk maşina loy yöldan yursa nima bölişini! Kamiga asosiy katta yöldan yoş bolalar ötişiga qörqadi köpinça ota-onalari ötkazib qöyadi.

Avtomaşinalar xuddi aerodromda bosgandek tez ötadi. Buni ham iltimos qilgandik: bitta qanaqadir «bolalar» belgisimi, «piyodalar» belgisimi, zebrami qilib beringlar, deb. Biz neça marta mahalliy hokimlikdan yordam sörab oğzaki iltimos qilganmiz, ammo doimgidek va'da «kelgusi yil qilamiz».

Fevral oyida prezidentimizdan yordam sörab portalga xat yozdik, rahmat ular tezda javob qaytarişdi. Şunda barçamizni tuman hokimligiga çaqirişdi, muammo bilan tanişişdi va yozma ravişda javob qaytarişdi: «yozda 1 km yölni rejaga kiritib, ikkita köça qora asfalt qilib beramiz» deb. Biz har zamonda sörab telefonlaşib turdik va hamon telefonlaşmoqdamiz. Yul quradigan quruvçi bir-ikki tanişlardan sörasam, «hali moliyalaştirilmagan», deyişdi, lekin tuman 2017 yilga 6 km yul quriliş uçun pul ajratilgan degandi, bizda yöl ham, yöl belgisi ham va'da bilan emas amalda qurilişiga yordam bering iltimos».

 

* * *

«Men Malohat Mardonova, Navioy viloyati Xatirçi tumani, Olçinobod aholi punkti, «Qayiş» yer mavzesida namunaviy loyiha asosida qurilgan uy-joylardan birining egasi bölaman. 2017 yilning fevral oyida bir neça marta gaz ta'minoti masalasi böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidentining portaliga murojaat qilgan edim.

Sababi, 2013 yilda «Qişloq quriliş bank» tomonidan 15 yil muddatga 7 foizli ajratilgan ipoteka krediti hisobiga 3 xonali qurilgan uy-joylarning namunaviy loyihasini körib, havas qilib şu uylardan birini olgandik. Namunaviy loyiha asosida qurilgan uy-joylarda şahar şaroiti yaratilişi kerak edi. Ammo bugungi kunda uşbu uy-joylarda tabiiy gaz tarmoği bilan töliq ta'minlanişi örniga, noma'lum sabablarga köra gaz tarmoqdan uzib taşlandi.

Eng hayratlanarlisi, bizning uy-joylarimiz joylaşgan massivgaça va massivdan keyin gaz tarmoği mavjud! Lekin, negadir gaz tarmoğidan kelgan xodimlar heç qanaqa tekşiruv işlarini olib bormasdan, «çekka hudud bölgani uçun gaz tarmoğidan uzilgan», degan xulosa qilib ketişdi. Vaholanki, bizning uy-joylar markaziy yöl yoqasida joylaşgan, gaz quvurlari ötkazilgan va geografik jihatidan çekka hudud hisoblanmaydi.

Yaqinda bizga portalga murojaatim yuzasidan «ĞARBGAZTA'MINOT» AKdan javob xati keldi. Unda yozilişiça, bizning massiv Xatirçi tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan jadvaliga asosan tabiiy gaz tanqis hududlar röyxatiga kiritilganligi sababli tabiiy gaz tarmoqdan uzilgan ekan. Agar namunali uy-joylar qurilgan hudud gaz tanqis hududlar röyxatida bölsa, nega bu yerda namunali uylar qurildi? Odamlarni aldab, uylarni sotişdi. «Uyni isitiş uçun kömir işlat», kerak bölsa deyişmoqda. Hozir borib tekşirib körişingiz mumkin, u yerlarda deyarli heç kim yaşamayapti. Puli kuygan xalq, behudaga kredit foizini tölab kelmoqda. Agar tölamasa, bank tomonidan sudga berilarmiş. Şu adolatdanmi?

Tuman hokimi nimaga asoslanib bu hududning gaz tarmoğini uzib taşlaydi? Mana 4 yildirki, namunali loyiha asosda qurilgan uyning 7 foizli kreditini tölab kelyapmizu, u yerda doimiy yaşaşga imkonimiz yöq.

Hurmatli tahririyat! Sizlar orqali mutasaddilarga yetib borişini istar edikki, ular qimmatli vaqtlarini ayamasdan Xatirçi tumani, Olçinobod aholi punktidagi «Qayiş» yer mavzesi manzilda joylaşgan, 3 xonadan iborat namunaviy loyiha asosida qurilgan uylarning gaz ta'minotini qayta körib çiqişsa. Tabiiy gaz muammosini bartaraf etişda bizga amaliy yordam berişingizni iltimos qilib söraymiz.

Maoşimning deyarli hammasi şu kredit töloviga ketadi. Agar quvur orqali tabiiy gaz berilmasa, u yerda yaşaş imkoni bölmasa, bank tomonidan bizga berilgan 15 yil muddatga 7 foizli kredit tölovini bekor qilişda amaliy yordam sörayman».