«Toşkent — Xatirçi» (Navoiy viloyati) yönalişida avtobusda yölovçi taşiş xizmatini körsatuvçi MÇJga sotilgan çiptalar uçun ortiqça undirilgan 710 mln sömni yölovçilarga qaytariş majburiyati yuklandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan qömitaga kiritilgan hujjatlarga köra, fuqaro O‘.Ç.dan “Toşkent-Xatirçi” yönalişida avtobusda yölovçi taşiş xizmatini körsatuvçi korxona tomonidan yölkira uçun ortiqça haq undirganligi holati aniqlangani bildirilgan.
“Qömita 2022 yilning 22 avgustidan 2025 yilning 31 martigaça bölgan davrda mazkur jamiyatga tegişli avtobuslarning «Toşkent — Xatirçi» yönalişini örganib çiqdi. Örganişlarda aholiga çipta sotişda qonun talablariga zid ravişda, ya’ni çipta sotiş jarayonida qöşimça xizmatlardan foydalanişga qistaş va körsatilmagan xizmatlar uçun haq oliş alomatlari aniqlanib, örganilgan davrda amalga oşirilgan qatnov böyiça 74 419 ta yölovçiga sotilgan çiptalar uçun 710 mln söm ortiqça haq undiriş ehtimoli mavjudligi aniqlandi”, deyiladi qömita xabarida.
Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq iş qözğatilib, mazkur MÇJga ortiqça olingan mablağlarni iste’molçilarga qaytariş yuzasidan körsatma berildi.












