Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Buyuk millat majlisi Turkiya Respublikasining oliy qonun çiqaruvçi organi. Unga 1920 yil 23 aprelda asos solingan. 

2015 yilda ötkazilgan parlament saylovi natijalariga köra Majlisda 4 partiya öz fraksiyasiga ega. Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Ismoil Qahramon uning spikeridir.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi spikeri Ismoil Qahramon bilan uçraşdi. 

25 oktabr kuni bölib ötgan oliy darajada muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni taşriflar almaşinuvi va qöşma tadbirlar ötkaziş orqali qöllab-quvvatlaş muhimligi qayd etilgan edi. Muloqotda mazkur yönalişdagi aloqalarni mustahkamlaş masalalariga e'tibor qaratildi. 

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi örtasida hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi. 

Prezident Buyuk millat majlisi binosi va faoliyati bilan tanişdi. 

Şavkat Mirziyoyev 2016 yili Turkiyada davlat töntarişiga urinişda halok bölgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Şundan söng prezident Istanbul şahriga jönab ketdi.