KUN.UZ tahririyati xodimlari 22-25 sentabr kunlari xizmat safari bilan Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida böldi. Uşbu safar çoğida duç kelingan muammoli masalalardan biri avtomobil yoqilğisi masalasidir. 

Xususan, Samarqand şahrida va Jomboy tumanida özimiz guvoh bölgan ikki holatda avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçasida* AI-80 benzini 3000 sömdan sotildi. Samarqand şahridagi AYoQŞ sotuvçisidan nima uçun bu narxda sotilayotgani haqida söraganimizda hisob fakturasi böyiça AI-91 navli benzin kelganini ta'kidladi, ammo öşa qoğozni körsatişni söraganimizda, dastavval “boşliq ham, buxgalter ham yöq”, deya javob qaytargan bölsa, keyinroq “aka, nima qilasiz, qöying” degan iltimosga ötib oldi. Axir, poytaxtning aksar AYoQŞlarida AI-91 navli benzinni topiş muşkul iş bölgan bir vaqtda Samarqanddagi bir-ikkita yoqilği quyiş şoxobçasida faqat AI-91 sotilişi şubhali emasmi?

Ikkinçi holatda Jomboy tumanidagi AYoQŞda ham benzinni 3000 sömdan xarid qilişga töğri keldi.

Qaşqadaryo viloyatiga safarimiz esa, benzin masalasida unçalik ham qiyin bölmadi. Çunki, “pul bölsa, çangalda şörva” deyilganidek, közingizni çirt yumib 1 litrini 4 mingdan xarid qilişga şay tursangiz bas. Faqat sotuvçilar benzinga qança miqdorda gaz kondensati qöşilganiga kafolat berişmaydi. 

Samarqand-Qarşi yölida benzin oliş uçun birorta AYoQŞ işlayotganiga guvoh bölmadik. Qarşi şahrida birgina zapravka işlayotganidan xursand bölib, navbatda turdik, ammo galimiz yetib kelgunça yoqilği tugab qolganini e'lon qilişdi. Bu vaqtda soat kunduzi 13:00 atrofida edi. 

Şundan söng, Qarşi-Samarqand yölida oçiq oydin 5 l, 10 l ölçamdagi baklajkalarni yöl yoqasiga qöyib, 4 ming sömdan pullayotgan olğirlardan xarid qilişga majbur böldik.

Foto: Samarqand-Qarşi yöllarida “AYoQŞ”lar şunday körinişda

Şu örinda savol tuğiladi: bir paytlar (aniqroği 2016 yil noyabr oylarida) “Özbekneftegaz” MXK benzin narxini keskin oşirilişiga izoh berar ekan, narx barça viloyatlarda bir xil qiymatga keltirilişi respublikaning barça hududida benzi taqçilligiga çek qöyişini, ya'ni barça AYoQŞlarda yoqilği tanqisligi bölmasligini va'da bergan edi. Lekin, amalda hamon öşa holatga duç kelinayapti. Ayrim zapravkalardagi benzin sifati gaz kondensati qöşilgani uçun talabga javob bermasligini ham mutasaddi taşkilotlar örganib çiqişsa, maqsadga muvofiq bölardi.