2017 yil 20 oktabr kuni Markaziy Osiyodagi eng katta kitob savdo majmuasi bölgan Toşkent şahrida joylaşgan "Kitob olami" dökonida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, taniqli şoir va yozuvçi Muhammad Ismoil qalamiga mansub kitoblar taqdimoti bölib ötdi. Uşbu anjuman haqida Turkiyaning TRT Avaz telekanalida lavha tayyorlandi.
"Gapning qisqasi yaxşi" hamda "Atrofingda men sarson" nomli kitoblarning taqdimot marosimida şoirning döstlari, kitobsevarlar va şe'riyat şaydolari iştirok etdilar.
Xususan, Özbekiston xalq şoiri Omon Matjon, Bobur Bobomurod, taniqli suxandon Rahimboy Jumaniyozov, Tolibjon Isroilov, Ahrorjon Qöşmatov, "Ijod olami" jurnali boş muharriri Baxtiyor Haydarov, "Işonç" gazetasi boş muharriri Jahongir Şarofboyev, taniqli jurnalist Jasur Hamroyev va yana bir qança OAV xodimlari, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi vakillari, taniqli xonandalar iştirok etişdi.
Anjuman söngida şoir Muhammad Ismoil özining sevimli şe'rlarini muxlislarga öqib berdi, yangi kitoblarini öquvçilarga sovğa qildi. Adabiy keçada yoş xonanda Nodirbek Asatullayev şoir Muhammad Ismoil şe'rlari bilan aytiladigan qöşiqlardan ijro etdi.










