Ahmadjon Otajonov prezident davlat maslahatçisining örinbosari bölib işlagan. Raşid Qodirov imkon topib uni bir neça yilga qamab yuborgan. Bu haqda şoir Muhammad Ismoil Facebook’dagi sahifasida yozdi.

Foto: Facebook
«Sababi, Ahmadjon Otajonov öz vaqtida Raşid Qodirovni qattiq tanqid qilib çiqqan edi. Tanqid qilinişiga sabab, Raşid Qodirov Xorazm va Samarqand, Andijon viloyatlarida köp yillar xokim bölib işlagan Bektoş Rahimovning kuyovi edi.
Gdlyan Bektoş Rahimovni paxta işi böyiça nohaqdan nohaq qamab yuborgaç, Raşid Qodirov Bektoş Rahimovning qizini uçta bolasi bilan köçaga haydab yuborgan va meni bunday xotinim, meni bunday bolalarim yöq deb, Gdlyanni oldida özini oqlagan va prokuratura işidagi öz mavqeini, öz puşti kamaridan bölgan bolalarini xor qiliş evaziga saqlab qolgan edi.
Ahmadjon Otajonov uning mana şu xiyonatkorligini tanqid qilgani uçun, keyinçalik Raşid Qodirov öz amalidan foydalanib, amalini suiiste'mol qilib, tuhmat bilan uni tört yilga qamab yuborgan, Ahmadjon Otajonov uning kasriga tört yil oğir jazo muddatini ötab qaytgan edi.
Ahmadjon Otajonov bir kun haqiqat qaror topişiga işondi, umidini yöqotmadi. U hayotining keyingi yigirma tört yili mobaynida bir marta haj, yetti marta umra safarini amalga oşirdi, qançalik qiyinçiliklarga duç kelmasin, bir safar bölsin namoz öqişdan töxtamadi. Xudodan yaxşi kunlar kelişini yolvorib söradi, elu yurt oldida yuzi yoruğ bölişini intizorlik bilan kutdi. Ka'batilloni oldida ham haqiqat qaror topişini Olloh taolodan söradi. Bugun mana öşa kunlar keldi. Xudoning marhamati, qolaversa Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning haqiqatparvarligi sabab Özbekiston Oliy sudining qarori bilan Ahmadjon Otajonov töliq oqlandi, yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar uçun bir neça mln söm atrofida tovon puli tölanadigan böldi», - deya yozadi Muhammad Ismoil.











